
Rossiya UEFA koeffitsientlar jadvalida Frantsiyaga yaqinlashib oldi
Kecha bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan so‘ng UEFA koeffitsientlar jadvalida 6-o‘rinni egallab turgan Rossiya o‘zidan bir pog‘ona yuqorida borayotgan Frantsiya bilan o‘rtadagi farqni kamaytirishga erishdi.
Ta’kidlash lozimki, Moskvaning "Spartak" klubi kecha o‘z maydonida "Maribor" (1:1) bilan durang qayd etgan bo‘lsa, "RB Leyptsig"ni qabul qilgan "Monako" yakunda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Rossiya ayni damda 48,182 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 5-o‘rinda borayotgan Frantsiya hisobida 51,081 ochko mavjud.
Eslatib o‘tamiz, bugun Frantsiyaning yana bir jamoasi PSJ o‘z maydonida "Seltik"ni qabul qilsa, Moskvaning TsSKA klubi "Benfika"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar