Rossiya terma jamoasining yana bir a’zosi faoliyatini yakunladi

  • 08.07.2018 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning TsSKA klubi hamda Rossiya terma jamoasi himoyachisi Sergey Ignashevich kecha Xorvatiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘zining futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.

“Bu mening faoliyatimdagi so‘nggi musobaqa va so‘nggi o‘yin bo‘ldi. Agar jahon chempionati bo‘lmaganida, menimcha faoliyatimni ertaroq yakunlardim. Endi menda quvonch hissi va xotirjamlik bor. Chunki faoliyatimni yuqori notada, jahon chempionatida, ajoyib jamoa safida va haqiqiy murabbiy qo‘l ostida yakunlayapman”, - deydi Ignashevich.

Ma’lumot uchun, Ignashevich faoliyati davomida "Spartak-Orexovo" (1999), "Krylya Sovetov" (1999-2000), "Lokomotiv" (2001-2003) va TsSKA (2004-2018) klublarida to‘p surgan. U Rossiya terma jamoasi tarkibida 127ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Aleksandr Samedov ham terma jamoadan ketgani haqida e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!