Rossiyaga Iskodan ehtiyot bo‘lishi tavsiya qilindi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi safida 1990 yilgi Jahon chempioni Anrdeas Breme Rossiya termasining guruhdagi o‘yinlariga izoh berdi va Ispaniyaga qarshi nimchorak finalda qanday harakat qilish bo‘yicha tavsiya berdi.

“Rossiya Jahon chempionati guruh bosqichini munosib o‘tkazdi. Dastlabki ikki o‘yinda mezbonlar namunaviy jismoniy tayyorgarlik va taktik bilimni ko‘rsata oldi. Futbolchilar maksimal ravishda harakat qilayotganini va murabbiy tomonidan boshqarilayotganini ko‘rish mumkin.

Urugvaydan uchralgan mag‘lubiyat Rossiya haqidagi tasavvurni buzib qo‘ydi. Lekin boshqa tomondan bu o‘yin deyarli hech qanday ahamityaga ega emasdi. Ehtimol, mazkur mag‘lubiyat nimchorak final oldidan rossiyaliklarga foydali ham bo‘lishi mumkindir.

Ispaniya bilan bellashuv oldidan standart vaziyatlarda sifatliroq himoyaviy o‘yinga e’tibor qaratish kerak. Shuningdek, turnirda ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan Iskoni ushlab qolish lozim”, – dedi Breme.

Ma’lumot uchun, Ispaniya – Rossiya uchrashuvi 1 iyul kuni Moskva shahridagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!