
Runi ham o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rmoqchi
AQShning "Di-Si Yunayted" klubida faoliyat olib borayotgan hujumchi Ueyn Runi kelajakda murabbiy bo‘lmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Runining “Manchester Yunayted”dagi sobiq jamoadoshlari Maykl Kerrik va Rayan Giggz allaqachon murabbiylik faoliyatini boshlab yuborishdi. Aynan ular Runidan o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rishni so‘rashgan. O‘z navbatida u ham bunga ijoyib javob qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, Runi Angliya terma jamoasida jami 119ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 53ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar