
Rus matbuoti Galiulinning golini e’tirof etishdi(video)
Rossiya Premer-Ligasida 9-tur o‘yinlari ortda qoldi. Rossiyaning etakchi nashrlaridan biri bo‘lgan Championat.com sayti ijodkorlari turning eng chiroyli gollaridan iborat o‘ziga xos reyting tuzib chiqdi.
E’tiborlisi ushbu turda hamyurtimiz Vagiz Galiulun to‘p suradigan "Tosno" jamoasi o‘z maydonida yana bir Vatandoshimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan "Anji" jamoasini qabul qilgan edi. O‘sha o‘yinda Galiulin uzoq masofadan turib darvozaning "to‘qqizligi"ni aniq nishonga ola bilgan edi.
Yuqorida nomi tilga olingan nashr muxbirlari aynan hamyurtimizning golini 9-turning eng chiroyli goli deya e’tirof etishdi.
Quyida o‘sha bahsda Galiulin tomonidan golni tomosha kilishingiz mumkin.
Fikrlar