Ruslan Chagaev faoliyatini yakunladi

  • 17.10.2016 10:55
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni o‘zbekitonlik Ruslan Chagaev (34-3-1, 21 KO) rasman professional boksdagi faoliyatini yakunladi. Bunga uning ko‘zlari bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.

Bu haqda bokschining sobiq menejeri Timur Dugazaev ma’lum qilgan.

– Ruslan ko‘rish qobiliyatida muammolar yuzaga kelganligi sababli rasman faoliyatini yakunladi. Biz unga ajoyib xayrlashuv jangi tashkil qilib bermoqchi edik, ammo u sog‘lig‘ini muhim bilib, karerasini yakunlashga qaror qildi, – deydi Dugazaev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Chagaev himoya jangi o‘tkazmaganligi uchun WBA vaqtinchalik chempionlik kamaridan mahrum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!