Sabina Sharipova yarim finalda o‘ynaydi

Qozog‘istonning Ostona shahrida ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha o‘tayotgan musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Sabina musobaqaning chorak finalida serbiyalik Nataliya Kostichga qarshi kortga chiqdi. Hozirgina yakunlangan o‘yinda tennischimiz 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi.

Bir ozdan so‘ng Sabina Sharipovaning yarim finaldagi raqibi aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!