Saida’lo tezkor g‘alabalar mutaxassisiga aylanmoqda
Iste’dodli tennischimiz Saida’lo Saidkarimov keyingi paytda o‘z uchrashuvlarini juda tez yakunlamoqda. Bahrayndagi "Fyuchers" saralashida ishtirok etayotgan hamyurtimiz yana bir bor tezkor natija qayd etdi.
Birinchi bosqichda hindistonlik Xumansu Sagar bilan raqobatlashgan hamyurtimiz raqibini 6:0, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilish uchun Saida’loga 50 daqiqa kifoya qildi.

Fikrlar