
Saloh: "Liverpul" bu mavsum ham EChL finaliga chiqishi mumkin
"Liverpul" klubi forvardi Muhammad Saloh Chempionlar ligasining yangi 2018/19 yilgi mavsumida ham jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
“O‘tgan mavsum biz “Manchester Siti” to‘sig‘idan o‘tdik. Keyin esa “Barselona”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Roma”ni engdik. Biz har safar musobaqa g‘olibligi uchun da’vogarlarga qarshi o‘ynadik va oxir-oqibat finalga qadar etib bora oldik. Shunday ekan “Liverpul” yana finalgacha etib borishi mumkin. Balkim APLda ham, EChLda ham g‘olib chiqar. Bu bilan jamoaga bosimni oshirmoqchi emasman, lekin buning imkoni bor”, - deydi misrlik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finaliga qadar etib borgan va hal qiluvchi bahsda “Real” Madridga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar