Saloh Misrning mart oyidagi o‘yinlarida ishtirok etmaydi

Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Misr futbol federatsiyasi 26 yoshli futbolchiga dam olish imkonini berishga qaror qilgan. Misr termasi 22 mart kuni Nigeriya, 26 mart sanasida Niger terma jamoasiga qarshi Afrika Millatlar ligasi saralash bosqichi doirasida maydonga tushadi. "Fir’avnlar" muddatidan oldin qit’a birinchiligi final bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritib bo‘lishgan.

Ma’lumot uchun, Saloh joriy yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasi doirasida 25 ta bellashuvda maydonga tushdi va 16 ta gol kiritib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!