Sanches "Arsenal" oldidagi vazifasini to‘liq ado etmoqchi

  • 5 iyul, 2017, 10:16
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning “Arsenal” klubi forvardi Aleksis Sanches garchi bir qator etakchi klublardan takliflar bo‘layotganiga qaramay, yangi mavsumni “kanonirlar” safida boshlashi mumkin.

La Tercera nashrining ma’lum qilishicha, chililik futbolchi o‘zining “Arsenal” bilan shartnomasi yakunlangunicha, ya’ani 2018 yilning yozigacha “to‘pchilar” safida qolishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, ayni damda “Bavariya” va “Manchester Siti” kabi jamoalar 28 yoshli hujumchini qo‘lga kiritish uchun astoydil harakat qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” Sanchesga taklif qilgan yangi shartnomada unga haftasiga 300 mingfunt maosh va’da kilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!