Sanches nega "Brayton"ga qarshi bahsda maydonga tushmagani ma’lum bo‘ldi

  • 19.08.2018 20:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning asosiy hujumchisi Aleksis Sanches nega "Brayton"ga qarshi bahsda maydonga tushmaganini izohladi.

“Sanches maydonga tushishni istagandi va bunga tayyor edi. Lekin hozir unda ba’zi muammolar bor. Shuning uchun biz boshqa futbolchiga imkon berishga qaror qildik”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Sanchesning o‘rnida bugun Antoni Marsyal harakat qilmoqda. Birinchi bo‘limdan so‘ng MYu 3:1 hisobida imkoniyatni boy bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!