Sanchesning yuqori maoshi MYuni ikki etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishiga to‘sqinlik qilmoqda
"Manchester Yunayted" klubi hamon darvozabon David De Xea hamda hujumchi Antoni Marsyal bilan amaldagi shartnomani uzaytira olmayapti.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda mankuanliklar Aleksis Sanchesning katta maoshi sabab yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchilik tufayli ispaniyalik va frantsiyalik futbolchilar talab qilayotgan maoshni bera olmasligi mumkin. Aytish lozimki, chililik forvardning yillik maoshi 24 mln evroni tashkil etadi va u ayni damda APLning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi hisoblanadi.
Shu bois, MYu De Xea va Marsyalni saqlab qolish uchun qishda Sanchesni sotib yuborishi mumkin. Unga PSJdan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsum MYu safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar