
Sanjarbek Rahmonov navbatdagi jangida AQShlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi
Avval xabar berganimizdek bugun mashhur charm qo‘lqop ustasi Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov Las-Vegas shahridagi «Sam’s Town Hotel & Gambling Hall» saroyida o‘zining professional boksdagi o‘n uchinchi jangini o‘tkazdi.
Hamyurtimizga shu kuni AQShlik Jonatan Stil raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. To‘qnashuv yakuniga ko‘ra hakamlar bir ovozdan Sanjarning 77:75, 77:75, 78:74 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etishdi.
Ma’lumot uchun, ushbu jang Sanjarbek Rahmonovning faoliyati davomidagi 13-jang bo‘ldi. U shularning 11tasida raqiblarini er tishlatgan bo‘lsa, bir jangda durang qayd etgan. Faqat bitta jangda mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar