
Saparbay Aydarov: "Astana Arlans " Toshkentga g‘alaba uchun kelgan
Bugun "Uzbek Tigers" - "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari bahsida Isroil Madrimov va Saparbay Aydarov 75 kilogramm vazn toifasida jang qiladi.
SPORTS.uz axborot portali muxbiri bo‘lajak uchrashuv oldidan Qozog‘iston chempioni Saparbay Aydarovdan intervyu oldi.
- Saparbay, uchrashuvga tayyormisiz?
- Albatta, biz O‘zbekistonning "Uzbek Tigers" jamoasini kuchli raqib deb bilamiz va shunga yarasha tayyorgarlikni puxta qildik. Men 75 kilogramm vazn toifasida Isroil Madrimovbilan jang qilaman.
- Avval ringda Isroilga to‘qnash kelganmisiz?
- Yo‘q bu bizning birinchi jangimiz bo‘ladi.
- "Astana Arlans" guruhdan chiqish vazifasini uddalagan. "Uzbek Tigers" bilan jang mahorat va tajribani sinovdan o‘tkazish uchun bo‘ladimi?
- To‘g‘risini aytsam, biz guruhdan chiqqan bo‘lsakda Toshkentga g‘alaba uchun keldik. Tayrgarligimiz shunga yarasha bo‘ldi.
- Pley-offdagi raqiblarga qarshi rejalar tuzilyaptimi?
- Hali guruh bahslari yakunlanmadi. Keyingi bosqichda bizga kirm ro‘baro‘ kelishi noma’lum. Shunga oldinda reja va tahlillarga ancha vaqt bor.
- Saparbay, intervyu uchuni rahmat.
Fikrlar