Sardor Rashidov ertaga yangi jamoasida debyut qiladimi?

  • 28 yanvar, 2019, 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor hamyurtimiz Sardor Rashidov bundan bir necha kun avval Portugaliyaning “Nasonal” klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Tecno

Ertaga esa Portugaliya Primeyra ligasida navbatdagi 19-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.  “Nasonal” esa safarda “Moreyrense” mehmoni bo‘ladi. Shunday ekan ertaga o‘zbekistonlik futbolchi yangi jamoasi safida debyut qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Moreyrense” - “Nasonal” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Mezbonlar ayni damda musobaqa jadvalida 28 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, mehmonlar hisobida 19 ochko bor va ular mos ravishda jadvalning 14-pog‘onasidan joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!