
Sardor Rashidov yangi jamoasi safiga etib bordi
BAAdagi Osiyo kubogi paytida Portugaliyaning “Nasonal” klubi bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz Sardor Rashidov yangi jamoasi safiga borib qo‘shildi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha 27 yoshli futbolchimiz 31 yanvar kuni hamroxi bilan Toshkent-Istanbul-Madrid-Modeyra yo‘nalishi bo‘yicha o‘z manziliga etib keldi va yangi klubiga qo‘shildi.
Ta’kidlash kerakki, “Nasonal” o‘zining navbatdagi uchrashuvini 3 fevral kuni Portugaliya Primeyra ligasi doirasida “Setubal”ga qarshi o‘tkazadi. Hamyurtimiz aynan mana shu uchrashuvda o‘z debyutini o‘tkazishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Nasonal” ayni damda 19ta o‘yindan so‘ng 19 ochko bilan musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar