
Sardor Sulaymonov "Andijon"da ko‘rikdan o‘tmoqda
Mavsumni Namanganning “Navbahor” klubida o‘tkazib Superliga bronza medallarini qo‘lga kiritgan hujumchi Sardor Sulaymonov faoliyatini vodiyning boshqa bir klubi – “Andijon”da davom ettirishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 24 yoshli futbolchi ayni damda Superliga debyutanti safida ko‘rikdan o‘tmoqda. Tez orada uning “burgutlar” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning transfer bahosi 150 ming evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Sulaymonov o‘tgan mavsum “Navbahor” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4ta gol urishga erishgan. Uning “lochinlar” bilan imzolagan shartnomasi roppa-rosa 10 kundan so‘ng, ya’ni 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga etadi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Sardor “Andijon” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
Fikrlar