Sensatsiya! 1-turda farg‘onaliklar etakchi, "Paxtakor" muxlislari ikkinchi, buxoroliklar esa...

  • 4 mart, 2018, 19:19
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 1-4 mart kunlari Superliga-2018 birinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarning natijalari bilan siz saytimiz orqali tanishib borgansiz, albatta.

Tecno

Biz endi mazkur bahslarga qancha muxlis kelgani borasida ma’lumotlar beramiz.

Dastlabki turda mamlakatimizning 6 stadioniga jami 80617 odam keldi. Bu bir o‘yinga o‘rtacha 13436ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Farg‘onadagi “Neftchi” – “Nasaf” qarama-qarshiligiga to‘g‘ri keldi. Ushbu bahsni “Istiqlol” o‘yingohida 19632 ishqiboz kuzatib bordi. Turning markaziy bellashuvi “Bunyodkor” – AGMK uchrashuviga 12475 tomoshabin tashrif buyurdi. Eng kam muxlis “Metallurg” – “Navbahor” o‘yiniga to‘g‘ri keldi 8175.

Quyida Superliganing birinchi turiga kelgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:

“Neftchi” – “Nasaf” 0:0. 19632 tomoshabin

“Paxtakor” – “So‘g‘diyona” 2:0. 15026 tomoshabin

“Buxoro” – “Qo‘qon-1912” 1:0. 13495 tomoshabin

“Bunyodkor” – AGMK 1:1. 12475 tomoshabin

“Qizilqum” – “Lokomotiv” 0:3. 11814 tomoshabin  

“Metallurg” – “Navbahor” 0:0. 8175 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!