Sergey Lushchan: Eng muhim vazifani uddaladik

  • 9 noyabr, 2018, 21:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz avval yakuniga etgan “Neftchi” – “So‘g‘diyona” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Umuman olganda, bugun rejalarimiz ish berdi. Bugun qiyin o‘yin bo‘lishini bilar edik. Shu sababdan o‘yinni himoyadan qurdik. Qarshi hujumlarda raqibni jazolashga urindik. Yakunda muhim 3 ochkoni qo‘lga kirita oldik. Ayni paytdagi eng muhim vazifamizni uddaladik. Endi qolgan 2 ta uchrashuvga ham bor kuch-g‘ayratni ishga solib tayyorgarlik ko‘ramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!