
Server Jeparov Bekobodga emas Eronga ketishi mumkin
Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, hamyurtimiz Server Jeparov faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.
SPORTS.uz’ga ma’lum bo‘lishicha 36 yoshli futbolchi Eronning “Istiqlol” klubi bilan kelishuvga erishgan. Ta’kidlash kerakki, Jeparov uchun bu jamoa begona emas. Boisi, u 2017-2018 yillarda “Istiqlol” sharafini himoya qilgan va 27ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4ta gol urishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Jeparovning so‘nggi jamoasi Qozog‘istonning “Jetisu” klubi bo‘lgan edi. Bundan avvalroq uni Bekobodning "Metallurg" klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Jeparov O‘zbekiston terma jamoasi safida 126ta o‘yin o‘tkazib, 24ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar