“Sevinch” futzal bo‘yicha 13 karra O‘zbekiston chempioniga aylandi —

CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun, 19 mart kuni futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi XIII O‘zbekiston chempionati 3-bosqich 4-turida Qarshining “Sevinch” jamoasi G‘uzorning “Sho‘rtan Lady” futzalchilariga qarshi bahs olib bordi.

Voha derbisi maqomida o‘tgan uchrashuvda “Sevinch” 4:1 hisobida zafar quchib, muddatidan avval 13 karra O‘zbekiston chempioniga aylandi. 

Ertaga, 20 mart kuni  chempionatning kumush medal egalari aniqlanadi. Bunga asosiy davogarlar – G‘uzorning “Sho‘rtan Lady” hamda  Toshkentning “TATU” jamoalaridir.  “Sevinch” esa ertaga chempionatning so‘nggi uchrashuvini poytaxtning “Yuzrabot” futzalchi qizlariga qarshi o‘tkazadi.

Futzal bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati.
3-bosqich, 4-tur
19.03.2017

“Sevinch” (Qarshi) – “Sho‘rtan Lady” (G‘uzor) 4:1

Gollar:  1:0 – Maftuna Shoyimova 8, 2:0 – Shodiya Tosheva 8,  2:1 – Shoira Qulturaeva 11, 3:1 – Kamola Risqieva 13,  4:1 – Ilvina Ablyakimova 25.

“Sevinch”: 1.Laylo  Tilavova, 16.Maftuna Jonimqulova, 8.Kamola Risqieva (s), 17.Tanzila Zarbieva, 11.Shahzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 7.Shahnoza Qurbonova, 25.Maftuna Shoyimova, 20.Maftuna Panjieva, 27.Shodiya Tosheva, 9.Sevara Normurodova, 37.Malika Burxonova, 72.Nilufar Qudratova, 19.Oliya Ahmedova.

“Sho‘rtan Lady”: 22.Sarvinoz Ergasheva, 11.Fazilat Bahromova, 6.Zebo Jo‘raeva (s), 19.Dildora Ergasheva, 18.Shoira Qulturaeva, 7.Uldona To‘xtaeva, 3.Yulduz Shodieva, 2.Muxlisa Mirzayorova, 29.Jesika Kruchinina, 1.Zarina Saidova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!