Shakiri: Balki hozir faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsatayotgandirman
"Liverpul" klubi forvardi Sherdan Shakiri Evening Standard nashriga "Enfild"da o‘zini qanday his qilayotgani haqida gapirib o‘tdi.
"Liverpul" uchun o‘ynashni sevaman, buni maydonda ham ko‘rish mumkin. Men o‘zimni maydonda juda ishonchli his qilyapman. Balki hozir faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsatayotgandirman", - deydi shveytsariyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Shakiri "Liverpul" safiga yozda kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum mersisaydliklar safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar