"Shalke" 36 yoshli himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 18.10.2018 09:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gelzenkirxenning “Shalke” klubi o‘zining rasmiy saytida braziliyalik himoyachi Naldo bilan amaldagi shartnomani uzaytirgani haqida e’lon qildi.

Unga ko‘ra 36 yoshli futbolchi nemis klubi bilan kelishuvni 2020 yilgacha uzaytirgan. Ta’kidlash kerakki uning avvalgi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etar edi.

Ma’lumot uchun, Naldo “Shalke” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 75ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 9ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!