
"Shalke" Goretskani hech kimga sotmaydi
Gelzenkirxenning “Shalke” klubi sport direktori Kristian Xaydel yarim himoyachi Leon Goretskanin “Bavariya”ga o‘tishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
– Biz Goretskaning transferi borasida “Bavariya” bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazmadik va hech qanday kelishuv ham bo‘lmaydi, – deydi Xaydel klubning tvitterdagi sahifasida.
Qayd etish lozim, oldinroq myunxenliklarning futbolchi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishganlari haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar