Shaxram G‘iyosov JCh-2017ning eng yaxshi bokschisiga da’vogarlar qatorida

  • 5 sentabr, 2017, 23:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 Gamburgda o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA eng yaxshi bokschini aniqlash bo‘yicha rasmiy tvitter sahifasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Quvonarlisi, ushbu so‘rovnomada 69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, terma jamoamizning musobaqadagi yagona oltin medaliga ega chiqqan Shaxram G‘iyosov ham da’vogarlik qilmoqda.

Shuningdek, so‘rovnomadan Xulio Sezar la Kruz (Kuba), Oleksandr Kijniak (Ukraina) va Sofiane Ouminiha (Frantsiya) o‘rin olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!