Sherzod Namozov "eski tanishlari"ni ayab o‘tirmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida ilk marotaba paralimpiya dzyudosi bo‘yicha 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini beradigan Osiyo va Okeaniya chempionati boshlandi.

Ushbu musobaqada -60 kiloramm vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Sherzod Namozov final bahsida janubiy Koreya vakili Min Je Linni 10 soniyada ippon evaziga mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabdan so‘ng SPORTS.uz intenet axborot portali muxbiri hamyurtimizning musobaqa va raqiblari to‘g‘risidagi fikrlari bilan qiziqdi.

– Poytaxtimiz mezbonligida o‘tgan ushbu musobaqada -60 kiloramm vazn toifasida Eron, Xitoy Taypeyi va Janubiy Koreyaning ikki vakili bilan tatamiga chiqdim va barcha raqiblarimni taslim etgan holda musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdim...

– Final bahsida Janubiy Koreyalik Min Je Linni 10 soniyadayoq mag‘lub etdingiz...

– Bu spoortchi bilan taxminan 4 yildan buyon turli musobaqalarda o‘zaro to‘qnash kelamiz va tabiiyki bir birimizni yaxshi bilamiz. Shu sabab uni mag‘lub etishim osonroq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!