
Shohjahon Ergashev: Barchangizni taklif qilaman
Xabaringiz bor engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev shu kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.
Shohjahon o‘zining aziz muxlislarini doimo quvontirishga harakat qilib kelmoqda. Shu maqsadda u joriy yilning 28 may kuni poytaxtimizdagi "Power Fitness" sport klubida o‘tadigan o‘zining ochiq mashg‘uloti va mahorat saboqlariga barchani taklif qiladi. Shuningdek, u erda jonli musiqa hamda elimiz suygan san’atkorlarning kuy va qo‘shiqlari kelganlar ko‘ngliga iliqlik bag‘ishlaydi.
"28 may kuni men barcha muxlislarimni "Power Fitness" sport klubiga taklif qilaman. Bu erda sizlar bilan uchrashishdan mamnunman. Xudo xohlasa hammasi a’lo darajada o‘tadi", - deydi Shohjahon Ergashev.
Fikrlar