
Shohjahon Ergashevning ahvoli chatoq, u ringga chiqadimi?
Professional ringda to‘qqizta uchrashuvning barchasida raqiblarini nokaut qilgan Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini 10 iyun kuni boks yulduzi Floyd Meyvezerning Rossiyadagi boks akademiyasida tashkil etilishi haqida xabar tarqatilgan edi.
Nokautchi Shohjahon Ergashev Floyd Meyvezer akademiyasida jang qiladi
Ushbu jangga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Moskvada davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev chap qo‘lidan jiddiy jarohat oldi.
SPORTS.uz axborot portali vaziyatga oydinlik kiritish uchun Shohjahon Ergashev bilan bog‘landi.
- To‘g‘risi, ahvolim chatoq, - dedi Shohjahon Ergashev SPORTS.uz axborot portaliga. – Kechki mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun TsSKA majmuasiga kelgan edim. Mashg‘ulotda shavqim oshib, zarbani o‘ta kuchli yo‘lladim. Buning oqibatida eski jarohatim qaytalandi va qo‘lim shishib ketdi. Bu asosiy zarba beradigan chap qo‘lim. Kayfiyatim tushib ketdi. Doktorga bordim.e Boks tushma deyapti. Lekin jangni bekor qilish niyatim yo‘q. Chunki bo‘lajak uchrashuv men uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shohjahon Ergashev o‘tgan yilning noyabr oyida chap qo‘li suyaklari singgan edi. Qisqa fursatda ringga qaytgan bokschi shundan so‘ng bir necha uchrashuvlarda raqiblarini nokaut qildi.
SPORTS.uz axborot portali o‘zbek boks muxlislari nomidan Shohjahonga salomatlik tilaydi.
Fikrlar