Shohruhning zarbalari zalvorli ekan

  • 23.11.2016 09:40
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 20-jahon chempionatida Shohruh Rustamov sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilmoqda.
 
75 kilogramm vazn toifasidagi janglarda qatnashayotgan Shohruh Rustamov dastlabki ikki jangda bolgariyalik Egor Skamaroxov va ozarbayjonlik Rasim Chobanlini yirik hisoblarda mag‘lubiyatga uchratgan edi.
 
O‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchisi chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan jangda Xitoy Taypeyi vakili Chia-Vey Kanga qarshi ringga chiqdi. Jang davomida raqibidan har jihatdan ustunlik qilgan Shohruh uchrashuvni 5:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
 
Yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan keyingi jangda Shohruh Rustamov germaniyalik Vezir Agerman bilan kuch sinashadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!