
Shomurodov va Afoninlar to‘p suradigan jamoalar mag‘lub bo‘ldi
Bugun Rossiya Premer-Ligasida 10-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyat olib boradigan "Rostov" jamoasi safarda "TsSKA"ga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eldor uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan holatda kuzatdi.
Yana bir hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p tepadigan "Anji" jamoasi esa o‘z maydonida "Krasnodar"ga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Afonin odatdagidek, 90 daqiqa o‘ynadi.
Rossiya Premer-Ligasi. 10-tur
TsSKA – Rostov 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Berezutskiy, 2:0 – 68 Vitino.
TsSKA – Akinfeev, Vasin, Berezutskiy, Ignashevich, Щennikov, Fernandes, Dzagoev (Natxo, 73), Vernblum, Golovin, Vitino (Chalov, 71),Jamaletdinov (Kuchaev, 86).
Rostov – Abaev, Parshivlyuk, Ustinov, Ingason, Vilyush, Boben, Ionov (Dumbiya, 62), Kalachev, Yusupov, Mogilevets (Gatskan, 46), Dyadyun (Buxarov, 51).
Ogohlantirishlar: Yusupov (39), Golovin (56), Gatskan (57).
“Anji” – “Krasnodar” 1:5 (0:1, 1:4)
Gollar: 0:1 – 39 Smolov, 0:2 – 55 Klasson, 0:3 – 67 Vanderson, 0:4 – 71 Vanderson, 1:4 – 77 Poluyaxtov, 1:5 – 79 Okriashvili.
Anji – Budakov, Samardjich, Poluyaxtov, Tetrashvili (Guliev, 74), Armash, Danchenko, Xubulov (Lipartiya, 60), Afonin, Prudnikov, Markelov,Bazelyuk (Katsaev, 30).
Krasnodar – Kritsyuk, Martynovich, Grankvist, Shishkin, Petrov, Podberezkin, Pereyra (Okriashvili, 74), Gazinskiy (Jigulev, 82), Kabore,Klasson (Vanderson, 64), Smolov.
Ogohlantirishlar: Markelov (88).
Fikrlar