Shomurodovning ustozi "Spartak"ni boshqarishni istamadi
"Rostov" klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin ayni damda murabbiysiz qolgan Moskvaning "Spartak" klubini boshqarishni istamadi.
Rus nashrlarining yozishicha 49 yoshli mutaxassis poytaxt klubi bilan muzokaralar o‘tkazgan, biroq yakunda o‘zaro kelishuvga erishilmagan va “Rostov”da qolishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Karpin qo‘l ostida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham to‘p surib kelmoqda. “Rostov” ayni damda Rossiya premer-ligasida 4-pog‘onada bormoqda, ular shuningdek kecha Rossiya kubogining chorak final yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar