
Shota Arveladze: Bugun Lobanovga imkon berishga qaror qildim, chunki...
Xabaringiz bor bundan biroz avval Superliganing 30-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” va “Metallurg” (2:1) jamoalari uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan “sherlar” ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Har 4 kunda o‘yin o‘tkazyapmiz. Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz uchun ushbu bahsdagi ochkolar juda muhim edi. Shubhasiz bugun qiyin g‘alabaga erishdik. Aytishim lozimki, o‘yin taqdirini birinchi bo‘limning o‘zida hal qilishimiz mumkin edi, afsuski 3-4ta vaziyatda to‘p ustunga tegdi.
Lobanov so‘nggi paytlarda mashg‘ulotlarda o‘zini yaxshi ko‘rsatayotgan eji va shu sababli ham bugun unga imkoniyat berishga qaror qildim. Har 4 kunda o‘ynayotganimiz sabab zaxirada qolayotgan ayrim futbolchilarga ham imkoniyat berdik”, - deydi gruziyalik mutaxassis.
Fikrlar