Shoxruz Norxonov: "So‘g‘diyona" 7-8 o‘rinlar uchun kurashadi

  • 12 sentabr, 2018, 10:34
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Chempionat boshida har bir ochko uchun jon-jahdimiz bilan kurashdik. Lekin bu – futbol. Hozir 11-o‘rinda bo‘lsak-da, oldinda hali 10 ta o‘yin bor. Biz ulardan foydalanib 7,8-o‘rinlar uchun kurashamiz.

Aslida chempionat boshida kuchli 6 talikka kirishni maqsad qilgan edik. Har bir jamoa ochkolar uchun kurashdi. Birinchi bosqichda qila olmagan ishlarimizni endi ikkinchi bosqichda uddalaymiz, degan umiddaman. O‘yda ham, safar o‘yinlarida ham faqat g‘alaba uchun kurashib, bizga ishonayotgan barchani xursand qilish niyatidamiz.

“Qizilqum”ga qarshi bahsga jiddiy hozirlik ko‘rdik. Maqsadimiz – “Qizilqum”ni mag‘lub etish. Ikkinchi bosqichni birinchi o‘yindanoq g‘alaba bilan boshlashni maqsad qilyapmiz", - deydi Shoxruz Norxonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!