Shunchaki fantastika! “Barselona” o‘z maydonida “PSJ”ga 6 ta gol urdi va keyingi bosqichga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob o‘yinida haqiqiy sensatsiya sodir bo‘ldi. 

Parijda PSJdan 0:4 hisobida engilgan "Barselona" o‘z maydonida raqib darvozasiga oltita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yakuniy hisob 6:1 bo‘ldi va kataloniyaliklar sensatsion tarzda chorak finalga yo‘l olishdi. 

Avval hech qaysi bilan jamoa EChLda 0:4 hisobida yutqazib, keyingi bosqichga chiqa olmagan.  

Barselona (Ispaniya) – PSJ (Frantsiya)  6:1

Gollar: 1:0 – 3 Suares, 2:0 – 40, avtogol Kurzava, 3:0 – 50, penalti Messi, 3:1 – 62 Kavani, 4:1 – 88 Neymar, 5:1 – 90+1, penalti Neymar, 6:1 – 90+5 Serji Roberto.

Barselona – ter Stegen, Suares, Pike, Umtiti, Inesta (Turan, 65), Maskerano, Buskets, Rafinya (Serji Roberto, 76), Rakitich (Andre Gomesh, 84), Neymar, Messi.

PSJ – Trapp, Tiago Silva, Kurzava, Mene (Kryxovyak, 90), Markinos, Matyuidi, Verratti, Lukas Moura (Di Mariya, 55), Rabo, Draksler (Ore, 75), Kavani.

Ogohlantirishlar: Matyuidi (5), Draksler (14), Pike (23), Buskets (36), Kavani (42), Rakitich (61), Neymar (64), Suares (67), Markinos (90), Verratti (90).

Dastlabki uchrashuv: 0:4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!