
Shunqor Abdurasulov Gubernator kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi (foto)
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha Gubernator kubogi musobaqasining dastlabki final bellashuvlari o‘z yakuniga etdi.
Unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Shunqor Abdurasulov (60 kg) hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Ruslan Batmanov bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvda bokschimiz o‘z ustunligini namoyish etib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
1. Shunqor Abdurasulov (O‘zbekiston)
2. Ruslan Batmanov (Rossiya)
3. Robert Tazetdinov (Rossiya)
3. Tigran Uzlyan (Rossiya)
Eslatib o‘tamiz, oldinda yana ikki nafar bokschimiz – Isroil Madrimov (75 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) oltin medallar uchun ringga ko‘tariladi.
Fikrlar