
Shvaynshtayger qaerda faoliyatini davom ettirishni bilmayapti
“Chikago” klubi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger qaerda faoliyatini davom ettirishini bilmayotir. 34 yoshli nemis futbolchisining MLS klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etmoqda.
– Endi nima qilishni bilmayapman, – deydi Shvaynshtayger Chicago Tribune nashriga. – Savollarni klub rahbariyatiga berish kerak. Menga hamon futbol o‘ynash yoqadi. Agar klub xohlasa qolgan bo‘lardim. Xursandchilik bilan taklifga roziman. Oilam va barchamiz Chikagoda qolishga rozimiz. O‘Z vaqtida qaror qabul qilamiz. Hozircha kutamiz.
Fikrlar