Simeone: Grizmann — juda iqtidorli futbolchi
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone “Leganes”ga qarshi (4:0) kechgan La Liga 26-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘yindan keyingi hissiyotlar ajoyib. Uchrashuv davomida ustunlik biz tomonda bo‘ldi va raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Biz haqli ravishda g‘alaba qozondik.
Grizmann – juda iqtidorli futbolchi, bu muhim. Bugun Antuanning yulduzi porlashi uchun butun jamoa ko‘p ter to‘kdi: Kostadan chiroyli pas, Kokedan ajoyib o‘tish.
“Atletiko”ning hozirgi holati yaxshi. Barselonaga xotirjamlik bilan ketyapmiz. Garchi kuchli futbolchilarga qarshi maydonga chiqsak ham”, – dedi argentinalik mutaxassis.

Fikrlar