Simona Xalep muxlislarning eng yoqimli tennischisiga aylandi

Ruminiyalik tennischi Simona Xalep WTA tomonidan o‘tkazilgan "Tomoshabinlarning yoqimlisi" sovriniga ega chiqdi.

 WTA saytida e’lon qilingan ushbu so‘rovnomada eng ko‘p muxlis Simona Xalepga ovoz berdi va dunyoning birinchi raqamli tennischisi tanlov g‘olibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, bu sovrin 10 yildan buyon o‘z egalariga topshirib kelinadi. Turli yillarda rossiyalik Mariya Sharapova va Elena Dementeva, shuningdek, polshalik Agneshka Radvanska mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!