
Soaresh uchun kurashga “Manchester Siti” ham qo‘shildi
“Sautgempton” klubi himoyachisi Sedrik Soareshning yozda jamoasini o‘zgartirishi toboro oydinlashib bormoqda.
Avvalroq portugaliyalik futbolchining xizmatlariga “Barselona” qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik. Evro-2016da o‘zining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsata olgan Soareshni “Manchester Siti” ham o‘z safida ko‘rishni istamoqda. O‘z navbatida “Sautgempton” Sedrikning transferidan 23 million evro daromad ko‘rishi mumkin.
“Sautgempton” prezidenti Ralf Kryugerning so‘zlariga ko‘ra jamoa bu yozda o‘z etakchilarini sotmaydi. Ammo, futbolchilarni shunchaki ushlab turish oson emas.
Ma’lumot uchun, “Sautgempton” klubi so‘nggi uch yilda Morgan Shnayderlin, Nataniel Klayn, Sadio Mane, Adam Lallana, Viktor Vanyama, Gratsiano Pelle, Joze Fonte, Lyuk Shou, Deyan Lovren va Kalum Chambers kabi futbolchilarni sotgan.
Fikrlar