"So‘g‘diyona": "Navbahor" ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"So‘g‘diyona" jamoasi "Buxoro"ga qarshi (3:0) uchrashuvdan so‘ng bir kunlik tanaffusga chiqqan edi. Kechadan esa "Navbahor"ga qarshi tayyorgarlikni boshladi.

Mashg‘ulotlar "So‘g‘diyona" stadionida o‘tkazilmoqda. Tarkibda yo‘qotish yo‘q, barcha futbolchilar yuqori kayfiyatda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda.

"Bo‘rilar" navbatdagi turda Namanganda "Navbahor"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 19 iyul kuni soat 21:00 da "Navbahor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!