“So‘g‘diyona” Zomindagi mashg‘ulotlarni yakunladi

  • 13 iyul, 2017, 13:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona” 3 iyuldan Zomin tog‘ yon bag‘irlarida ikkinchi davra uchun tayyorgarlik olib bordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Yordamchi murabbiy Diyor Fayziev boshchiligida jamoa ikki mahal mashg‘ulot olib bordi va mashg‘ulotlar asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan edi.

Tecno

 Jamoa bugun Zomindagi yig‘inni yakunladi va 16 iyul kuni “So‘g‘diyona” qarorgohiga yig‘iladi. 

Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi davomida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari ham rejalashtirilgan. 

Ikkinchi bosqich yig‘ini davomida bir nechta yangi o‘yinchilarning kelishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!