
Son Xin Min faoliyatini ikki yilga to‘xtashishi mumkin yoxud barchasi Osiyo o‘yinlari-2018ga bog‘liq
HARBIY MAJBURIYaT
"Tottenxem" hujumchisi Son Xin Min Angliya chempionatida "Fulxem", "Manchester Yunayted" va "Uotford" jamoalari qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Sababi u Janubiy Koreya terma jamoasi sharafini Indoneziyada o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida himoya qilishga va oltin medallarni qo‘lga kiritishi shart.
Gap shundaki, 26 yoshli futbolchi shu vaqtga qdar Vatan oldida burchi – armiyada xizmatni o‘tamagan. Koreya barcha uchun harbiy majburiyat bor. Qonun bo‘yicha har bir erkak 28 yoshgacha xizmatga borishi shart. Xizmat odatda 21 oy davom etadi.
Biroq qonunda bo‘yicha xizmatdan ozod etilishi hollari ham mavjud. Masalan, yuqori natijalar ko‘rsatgan, yirik xalqaro turnirlarda g‘olibga aylangan sportchilar uchun. Shunday natija ko‘rsatganlar ushbu majburiyatni 21 oy emas,balki 4 haftalik harbiy tayyorgarlik bazasi kurslarida xizmat qiladi. Son Xin Minda hozirda bunday xizmat yo‘q. Bu esa uning tez orada armiyaga borishi kerakligini anglatadi.
QOChOQ
Shuday qilib, "Tottenxem" futbolchini deyarli ikki yilga (2019/20 va 2020/21 mavsumlar) yo‘qotishi mumkin. Agar rad etilgan taqdirda Son Xin Min kazarmaga yuborilishi va qochoq sifatida baholanib, qamoq muddatini o‘tashiga to‘g‘ri keladi.
Bundan chetlab o‘tish uchun futbolchi terma jamoasi bilan Osiyo o‘yinlarida faqat g‘olib chiqishi zarur. Kumush yoki bronza qanoatlantirmaydi.
Aynan shuning uchun ingliz klubi Koreya futbol assotsiatsiyasiga taklif yuborib, xalqaro FIFA taqvimiga kiritilmagan turnirda ishtirok etish uchun ruxsat berishini so‘ragan. Bunga koreyslar ruxsat berishdi. Shunday qilib Son Xin Min milliy terma jamoasining noyabr va kelasi yili yanvarda bo‘ladigan uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
OSIYo O‘YINLARI
Osiyo o‘yinlarida futbol turniri 14-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bunda 25 terma jamoa ishtirok etadi. Ro‘yxatga 1995 yil va undan keyin tug‘ilgan 20 o‘yinchi o‘rin oladi. Shuningdek, har bir terma jamoa mustasno tariqasida yoshi 23 dan katta uch nafar futbolchini tarkibga kiritishi mumkin. Aynan shu sabab Son Xin Min Koreya termasi sharafini himoya qiladi.
Koreyslar guruh bosqichida Qirg‘iziston, Malayziya va Bahrayn terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Finalda ishtirok etish uchun avvaliga guruh bosqichi, keyin 1/8, 1/4 va 1/2 finallarni muvaffaqiyatli yakunlash kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Termamiz “V” guruhida Bangladesh, Tailand va Qatar terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Ilk turda vakillarimiz bangladeshlik futbolchilarni sinovdan o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 14:00da start oladi.
Fikrlar