"Sport" telekanali bugun "Lokomotiv" - "Al Duhayl" uchrashuvini yangicha formatda va yangi kamerada translyatsiya qiladi

  • 12.03.2018 12:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugungi kunda sport musobaqalari, ayniqsa futbol uchrashuvlari teletranslyatsiyasida kichik detallarni ham ekranga sifatli holatda olib chiqish muhim sanaladi. Bunda super sekinlashtirilgan kadrlarni tasvirga olish imkoniyatiga ega telekameralardan foydalaniladi. O‘zMTRK AQShning “Grass Valley, a Belden Brand” va Kanadaning “ROSS VIDEO” kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi teletexnalogiyalarni sport translyatsiyalariga tatbiq qilishni rejalashtirmoqda. Superliga 2 – turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida shu jarayonning kichik ko‘rinishi taqdim etilgan edi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan OChL 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv”-“Al Duhayl” o‘rtasidagi bahs teletranslyatsiyasida O‘zMTRK “Sport” teleradiokanali va AQShning “Grass Valley, a Belden Brand” kompaniyasi xodimlari hamkorlikda super sekinlashtirilgan kadrlarni tasvirga olish imkoniyatiga ega telekameralardan foydalanishadi.

Endilikda futbol muxlislari nafaqat uchrashuv jarayonini, qo‘shimchasiga futbolchilar va murabbiylar ehtirosga to‘la nigohlari, harakatlarini super sekinlashtirilgan kadrlarda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. “Sport” TV futbolning bor jozibasini muxlislarga etkazishni maqsad qilgan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!