Sportchilarimiz ertaga jiu-jitsu bo‘yicha Osiyo chempionatida bellashuvlarga kirishadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ma’lumki, ertaga 15 aprel kuni Qozog‘istonning Almata shahrida Jiu-jitsu bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Osiyo ochiq chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirda 9 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Shulardan to‘rt nafari o‘smirlar bellashuvlarida ishtirok etishsa, qolgan olti nafari kattalar musobaqalarida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Bugun musobaqa oldidan vazn tortish marosimi bo‘li o‘tdi.

Biz bu erga katta maqsadlar bilan keldik. Musobaqaga tayyorgarliklar a’lo darajada o‘tdi. Tarkibimiz kuchli sportchilardan iborat. Ular orasida Elbek Jonibekov ko‘k kamar sohibi. Grepling bo‘yicha O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. Shuningdek, Abdurahim Abdumavlonov (Dubaydagi turnir g‘olibi – SPORTS.uz), Karim Madinov va Sirojbek Rustamovdan yuqori natijalar kutib qolamiz. Sportchilarning kayfiyatlari ham a’lo darajada. Ularning ko‘zlarida g‘alabaga ishonchni ko‘rmoqdaman, – deydi terma jamoa murabbiyi Rizo Safarov.

> Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!