Stanislav Andreev "Metallurg" a’zosiga aylandi

  • 6 yanvar, 2019, 12:19
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Huquqiy jihatdan Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga tegishli bo‘lib, o‘tgan mavsumni ijara asosida o‘tkazgan uchinchi o‘yinchi endilikda “Metallurg”ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Akbar Ismatullaev, Abbos Otaxonovlardan keyin Stanislav Andreev ham “Metallurg” jamoasi bilan rasman kelishuvga erishdi.

Stanislav Andreev 1988 yilning 6 mayida tug‘ilgan. 30 yoshda. Ampluasi himoyachi. Faoliyatini 2010 yilda boshlagan Stanislav o‘nta mavsum “Paxtakor” jamoasida o‘ynadi. O‘tgan yilning ikkinchi davrasidan e’tiboran “Metallurg” jamoasi ijara asosida o‘tdi. Shu yillar davomida Andreev 183 ta uchrashuvda maydonga chiqqan. Ularning 166 tasini asosiy tarkibda boshlagan. Raqiblar darvozasiga 22 ta gol kiritib, 20 marta ogohlantirilgan.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 29 ta o‘yinda maydonga chiqib, 1 ta gol urgan. Uch karra O‘zbekiston chempioni (2012, 2014, 2015), O‘zbekiston kubogi sohibi (2011) va O‘zbekiston Superkubogi sohibi (2015, 2016).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!