
Sten Vavrinka: Shifokorlarimning "tomi" ketib qolibdi
Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka "SkiStar Swedish Open" va "Swiss Open Gstaad" musobaqlarida ishtirok etmaydi.
Bunga sabab, Stenning shifokorlari tennischining turli kortlarda o‘tadigan musobaqalarda o‘ynashiga qarshiligidir.
Eslatib o‘tamiz, Vavrinka ayni damda ATP reytingida 263-pog‘onada bormoqda. "SkiStar Swedish Open" va "Swiss Open Gstaad" musobaqalari "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniridan so‘ng o‘tkaziladi.
Fikrlar