
Stiven Jerrard “Reynjers”da sobiq jamoadoshiga ustozlik qiladi
Shotlandiyaning “Reynjers” jamoasi “Fenerbaxche” himoyachisi Martin Shkrtel va “Liverpul” yarim himoyachisi Garri Uilsonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
The Scottish Sun nashrining ma’lum qilishicha, klub mazkur transferlar uchun 2,7 million funt sarflaydi. Shkrtel bilan 3 yillik, Uilson bilan esa 1 yillik shartnoma imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Stiven Jerrard “Reynjers” bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. Angliyalik mutaxassis 1 iyundan o‘z ishiga kirishadi.
Ma’lumot uchun, Stiven Jerrard va Martin Shkrtel bir necha yil davomida birgalikda “Liverpul” klubida to‘p surishgan.
Fikrlar