Suares "Barselona"dan qachon ketishini aytdi
“Barselona” hujumchisi Luis Suares qachonki jamoa saviyasida o‘yin ko‘rsata olmay qolsa, o‘sha zaxotiyoq ketishga tayyorligini aytdi.
“Xavi va Inestadek buyuk futbolchilar faoliyatlarini ushbu jamoada yakunlay olishmadi. Chunki, bu juda qiyin. Qachonki “Barselona” saviyasida o‘ynay olmasam, men ham xuddi shu ishni qilaman. Bu normal holat. “Barselona” – orzular jamoasi. Bu erda har doim eng yuqori darajadagi o‘yinni namoyish etish kerak”, - deydi urugvaylik futbolchi.

Fikrlar