
Suares Dembelega o‘zini qo‘lga olishni maslahat berdi
"Barselona" klubi xujumchisi Luis Suares jamoadoshi Usmon Dembelega o‘z maslahatlarini berdi.
Avvalroq Dembele “Barselona”ning “Inter”ga qarshi o‘yini oldidan jamoaviy uchrashuviga kech qolgandi va bahs davomida u zahira o‘rindig‘idan joy olgandi. Ilgariroq, klub yarim himoyachining xulq-atvoridan noroziligi haqida xabarlar tarqalgandi.
- Shuni ta’kidlashim darkorki, futbolchi bo‘lish bu katta imtiyozdir. O‘ylashimcha, Usmon "Barsa" safidagi yuvori darajadagi futbolchilardan o‘rnak olib, o‘z e’tiborini futbolga qaratishi darkor.
U jamoada bo‘lishga loyiqdir. Dembele yanada ma’suliyatli bo‘lishini istardim. Bilasizmi, u jamoada baxtiyor! - dedi Suares.
Fikrlar